A B C D E F GG' H I J K L M N O P Q R S Sh T U V W X Y Z0-9
...
/
Via Marokand - doim harakatda!
1-07-2017, 14:46
: 8 389
: 0
Shou-biznesga chaqmoqdek kirib kelgan, deyarli barcha qoshiqlari muxlislar orasida tezda ommalashadigan guruh - VIA Marokand bilan MyDay nashri suhbat uyushtirdi.
Abdurashid Toshmatov:

1990 yilda tavallud topgan. Yakkasaroy tumanida joylashgan 144-maktabni, song 2-sonli Toshkent yuridik kolledjini tamomlagan.


Asal Zokirova:

1993 yilda tavallud topgan. Kop maktablarda tahsil olgan. Respublika rassomlik kollejini shuningdek, Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tamomlagan.

Guruhingizni nega aynan VIA Marokand deb nomlagansiz?

Asal: Ozimizning urf-odatlardan chiqib ketmagan holda, milliy nom qoyishga qaror qilganmiz va Samarqandimizning qadimiy nomini qoyganmiz.

Guruh ayni damda oz uslubiga ega. Shu yonalishni prodyuseringiz Javlon Shodmonov aniqlab berganmilar?

Asal: Bizning boshimiz Javlon aka. Hamma narsani ular orgatadilar. Ular bizning ustozimiz. Javlon Shodmonov kabi sanat sohasida bilimimiz yoqligi sababli ham faqat ularning fikriga tayanamiz.

Abdurashid: Haqiqatdan ham Javlon aka bizga yol korsatadilar.

Qoshiqlaringiz mavzusi doim har xil, ammo hammasi kayfiyatni kotaruvchi. Goyani asosan kim beradi?

Odatda Javlon aka klip goyasini beradilar, biz fikrlarimiz bilan uni toldirishimiz mumkin. Ofisimizda otirib, klip ustida ishlaymiz. Barcha kliplarimiz ustida Javlon aka ish olib boradilar. Ikir-chikirlarigacha etiborlarini qaratadilar. Faqat bitta klip, Salom, muhabbat Sanjar Matkarimov tomonidan suratga olingan. Operator esa Yodgor Nosirov bolgan.

Javlon Shodmonovning oldiga birinchi bolib, kim kelgan Asal yoki Abdurashid?

Abdurashid: Javlon aka ozi mening pochcham boladilar. Ular: Guruh ochaman seni olaman, - deb yurar edilar. Keyin bir kuni meni chaqirib, Bitta qiz bor, gaplashdim, oylab koraman deb aytdi, - dedilar. Keyinchalik bilsam bu Asalxon ekan. U yogini ulardan eshitasiz.

Asal: Ikkalamiz baravar kelganmiz. Yonma-yon turgizib qoyishganda juda bir-birimizga mos keldik, har holda bizga shunday deyishgan (kuladi). Shunday qilib bizning guruh tashkil topgan.

Ijodga tegishli qarorning barchasi Javlon Shodmonov bilan maslahatlashilgan va kelishilgan holda amalga oshiriladimi yoki ozingiz ham mustaqil ravishda qaror qabul qila olasizlarmi? Umuman Javlon Shodmonov bilan ishlash qanday?

Aytib otganimizdek, barcha qarorlarni Javlon aka qabul qiladilar. Biz ham ozimizni fikrlarimizni bildiramiz va ular buni inobatga oladilar. Ular bilan ishlashga kelsak, juda oson.

Ikkalangiz ham Tosh tabib filmida rol ijro etgansiz. Qay biri sizga maqul keldi? Kinoda rol ijro etishmi yoki sahnada kuylashmi?

Asal: Albatta boshida debyut rol hamma uchun qiyin boladi deb oylayman. Juda qiynalganmiz. Asabiylashib, yiglab, gap eshitib, ijro etganman. Togrisi juda qiynalganman. Tajribali aktrisalarimiz bor ekan, menga maslahatlar berib yordam berishdi. Lekin baribir aktyorlik mahorati kerakligini bildim. Ozim uchun kop narsalarni organdim.
Abdurashid: Bizga kinoda oynagandan kora, qoshiq kuylash maqul ekan, buni tushunib yetdim. Lekin baribir inson ozini har sohada sinab korishi kerak. Shuning uchun bu bizga qandaydir manoda bir dars boldi. Hattoki debyut rol uchun yaxshi chiqqan deb oylayman.

Qoshiq matni, musiqasi yoki mavzusi ustida tortishib qolgan paytingiz bolganmi? Kim koproq yon bosadi?

Asal: Biz bir-birimiz bilan emas, balki shoir yoki bastakor bilan tortishib qolishimiz mumkin. Asosan bizning fikrlarimiz bir xil chiqadi. Balki birga ishlaganimiz uchun nima xohlayotganligimizni tezda tushunib olarmiz.

Abdurashid: Asal togri aytdi, biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Hech qachon hali unday vaziyatlarga duch kelmaganmiz.
Ozbek estradasida kimning koshiqlarini muntazam ravishda tinglab borasiz?

Asal: Ozbek estradasida biz barchani tinglashga harakat qilamiz. Lekin koproq men, Rashid Holiqovni, hamda ogillari Sanjar Holiqovni taronalarini sevib tinglayman.

Abdurashid: Sanatkor bolganingizdan keyin hammani eshitar ekansiz. Chunki ulardan nimanidir organasiz. Agar kimnidir alohida takidlab otish kerak bolsa, Tohir Sodiqov va Shoxruhxonning taronalarini koproq tinglayman. Chunki Tohir Sodiqov bir necha yillardan beri oz muxlislariga ega bolib kelmoqdalar. Bizga ham ularning yolini bersin. Shoxruhxon ham juda mazmunli taronalar kuylaydi.

Ozbek estradasida yulduzli juftlik degan tushuncha juda urf boldi. Sizlar bu borada qanday fikrdasiz?

Asal: Menimcha bu yaxshi. Bir xil kasb egalari bir-birlarini yaxshiroq tushunishadi. Noorin rashk va tushunmovchiliklar bolmaydi. Masalan, bizda qancha yulduzli juftliklar bor va qarang ular baxtli, osoyishta hayot kechirishmoqda.

Abdurashid: Albatta bu yaxshi. Agar bir-birlariga juda ham mos bolishsa, nega juftlik bolmasin?! Menga, masalan, Shoxruhxon bilan Asal juftligi juda yoqadi yoki aytaylik Oybek va Nigora chiroyli juftlik, farzandi ham bor. Odam oz baxtini kora olsa albatta yaxshi.

Sizlarni koproq Rossiya estradasidan Potap va Nastyaga oxshatishadi. Bunga qanday qaraysizlar?

Agar oxshatishsa biz albatta bundan xursandmiz. Chunki ular juda quvnoq, noodatiy uslubga ega guruh. Biz ham ularga oxshab millionlab muxlislarga ega bolish niyatidamiz.

Xarakterlaringizdagi qanday kamchilik bir-biringizni asabingizga tegadi?

Abdurashid: Partnyor bolganimizdan keyin kamchiliklarini kormaslikka, ularga etibor bermaslikka harakat qilaman. Lekin Asalda kamchilik bor deya olmayman. Hamma narsani boricha aytishi sal odamni oylantirib qoyadi. Kech qolishi ham bor. Lekin men bunga organib qolganman, shuning uchun bu men uchun muammo emas.

Asal: Menga Abdurashidning kamchiliklari korinmaydi.

Bir-biringizning yaxshi hislatlaringiz haqida aytib otsangiz.

Abdurashid: U juda quvnoq, shaddod qiz. Yaxshi chiqishamiz.

Asal: Ha, Abdurashid ham huddi shunday kongli ochiq inson.

Kliplaringizdagi korinishingiz ustida kim ish olib boradi?
Asal: Har bir klipimizda Sonya ismli stilistimiz biz bilan ishlaydilar. Javlon aka bilan birgalikda maslaxatlashib yaratishadi. Prodyuserimiz noodatiy yorqin rangdagi narsalarni xohlaganligi sababli kiyim borasida ancha mehnat qilinadi.

Ijodingiz davomida qanday yutuqlarga erishdingiz?

Abdurashid: Birinchi yutugimiz mana shu Marokandni tashkil topgani va biz shu guruh azosiga aylanganimiz. Ikkinchidan xalqimizga manzur keladigan taronalar yaratayotganimiz. Xalq bizni tinglayaptimi, demak bu bizning yutugimiz. Davlat tadbirlarida ham turli xil sertifikatlar bilan taqdirlanyapmiz. Biz asosan xalq uchun xizmat qilamiz. Bizning koshiqlar manzur kelsa, biz uchun bundan kattaroq mukofot yoq.

Taronalaringiz xit darajasiga kotarilmoqda deb oylaysizmi?

Asal: Buni biz bilmaymiz. Xalqdan, tinglovchilardan sorash kerak. Ozimizga baho beradigan darajaga yetmadik deb uylamiz.

Abdurashid: Haqiqatdan ham taronalarimiz xit darajasiga yetmoqdami yoki yoqmi buni musiqa shinavandalaridan sorab bilib olishingiz mumkin. Lekin bizning taronalarni sorashayotgan ekan, bizni tinglashayotgan ekanlar, demak yomon ijod qilmayapmiz deb oylayman.

Xit bolishi uchun nima qilish kerak deb oylaysiz?

Abdurashid: Juda kop narsa omadga boglik. Omad bolmasa yuqori pogonalarga erishib bolmaydi.

Asal: Javlon akani maslahatiga qoloq tutish kerak (kuladi).
 
Via Marokandni kuni qanday boshlanadi? Har kungi ish tartibingiz bormi?

Abdurashid: Kun tartibi har xil. Sanatkorlarda kun tartibi bolmas ekan. Turli xil tadbirlar, syomkalar bolib qoladi. Xatto reja qilishga ham ulgurmaymiz. Hamma vaqt, hamma narsaga tayyor bolish kerak ekan.

Asal: Abdurashid togri aytdilar. Tartib deyarli yoq. Lekin bosh vaqt topildi deguncha albatta oila azolarimiz bilan bolishga harakat qilamiz.

Songgi taronangiz Dadam kapitan bolgan. Yangi klip va qoshiq ustida ish olib bormoqdamisizlar? Qachon chiqadi?

Yaqinda shu borasida tortishuv boldi. Yangi tarona tayyorlab turganimizda, Javlon aka yoq deb, boshqa tarona sozlarini berdilar. Endi umuman boshqa qoshiq ustida ish olib boryapmiz va 2-3 oy davomida klipi bilan birga taqdim etamiz.

Yozgi tatilni qay tarzda otkazmoqchisiz, rejalar bormi?

Asal: Faqat ish va ijod bilan band bolamiz.
 


dle 10.6
, . .




:
Via Marokand - doim harakatda!
:
E-Mail: :
     ,



Tas IX, - , . , mp3 .
, !