Ziyoda - Sen baxtim

Ziyoda - Sen baxtim

Год:
Исполнитель:Ziyoda
Название:Sen baxtim
Время:3:44
Размер:4.33 Mb
Качество:160 kbps
Скачиваний:705

Скачать быстро Скачать из Telegrama Скачать TAS-IX
Текст песни:
Ziyoda - Sen baxtim Ziyoda - Sen baxtim Текст песни / Qo'shiq matni (Seni uchratgan taqdir
Yo'llarimizni etmasin ayro.
Vafo, mehr bo'lsa bizga hamroh,
Baxtimizdan bo'lmaymiz judo.

Ber qo'llaringni, ko'ksimga qo'y,
Undagi har bir zarbni his et.
Tasavvur ham qilolmaysan,
Senga bo'lgan hislarim bir dunyo.)

Ko'zlar ilk bor duch kelganda,
Qalbing izhorin ochganda,
Tez uradi bu yuragim,
Nigohing nurlar sochganda.

Qo'llarim so'rading behos,
Yuragimdan keldi ovoz.
Senga berdim butun mehrim,
Uni avayla, iltimos.

Sen baxtim, sen baxtim,
Ishonganim, suyanganim.
Sen baxtim, sen baxtim,
Bog'landi senga qalbim. (x2)

(Men seni shunday baland sevamanki,
Qanotlar ham bu cho'qqiga eltolmaydi,
Osmonlar ham teng kelolmaydi.
Ishonmasang, ko'zlarimga boq,
So'z bilan buni ta’riflab bo'lmaydi.

Yuragimni senga berdim,
O'zimdanda ko'proq ishonib.
Bor dardingni menga ber,
Sen shod bo'lsang, men ham bo'larman baxtiyor.
Sevgim uchun so'ramayman dunyolarni,
Qalbimga bermasang bo'ldi ozor.)

Taqdir uchratmadi bekor,
Demakki, bunda bir gap bor.
Kirib kelding hayotimga,
Qalbimda abadiy bahor.

Ko'zlaringda bordir vafo,
Sevgimga aylama jafo.
Tog'dan baland tuyg'ularim
Faqat senga ko'rdim ravo.

Sen baxtim, sen baxtim,
Ishonganim, suyanganim.
Sen baxtim, sen baxtim,
Bog'landi senga qalbim. (x2)
Показать полностью
Другие песни этого певца:
Другие песни этого певца:
Комментарии:
Добавить комментарий
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Введите два слова, показанных на изображении: *
Администрация сайта
Тел: +99897 328-00-00
Mail: dodasi.com mail.ru
A-z А-я 0-#