Sardor Rahimxon - Akajonim (Qo'shiq matni, lyrics)
Bir yurak ostida yaralganimsiz
Yiqilsam tog' bo'lib suyanganimsiz
Besh kunlik dunyoda o'zidan ko'proq
Men uchun omadlar so'raganimsiz
Har yerda yelkangiz suyanchim bo'ldi
Akam deb so'zlasam yuragim to'ldi
Bolalik cho'gimdan yoshlik cho'gimdan
Men faqat bir sizga o'xshagim keldi
Men faqat bir sizga o'xshagim keldi
Ertaroq ulg'ayib qolgan akam-ey
Dardimni mendan ko'p bilgan akam-ey
Sochlarim qorasin siz uchun beray
Men uchun borini bergan akam-ey
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.
Erkaroq bo'ladi ukalar bilsam
Siz borsiz boladay qoldim men har dam
Yigitga uch bora omad kelarkan
Menim ilk omadim sizsiz jon akam
Yoshlikdan almashib kiyim kiyganim
Yelkasi hamisha toychoq bo'lganim
Bir kosada ovqat yegan chog'imiz
Men uchun go'shtlarin terib berganim
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.
Nomardni xudoga solganlarim bor
Gohida jim yig'lab olganlarim
Otamning siyratin onam duosin
So'ginsam men sizdan olganlarim bor
Zabonim yayragay yursam akam deb
Aka bu eng ulkan bardosh ekan deb
Men mingan tulporim xali ko'p uchgay
Yonimda tursangiz doim ukam deb
Yonimda tursangiz doim ukam deb
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.
Akajonim, akajonim, akajonim, jonim akam.