Taqdirimga bitmagan yor, eding yarim bo'lagim
Ahir ko'zlaringni takror, ko'rmoq edi tilagim
Seni yana bir bor ko'rib, ezildiya yuragim
Yuragim, yuragim
Ko'rdimu ammo ne qilay, bordur yoningda yoring
Band etganda endi o'sha seni fikru hayoling
Umidimga qo'ydi nuqta seni ushbu qaroring,
Qaroring, qaroring
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi
O'zidan tonmasmidi, sevmasam [x1+x1]
Baxt o'rniga armonlarni tashlab ketding
Visolgamas hijronlarga boshlab ketding
Yuragimni parcha-parcha nishtlab ketding
Nishlab ketding...
Ayb o'zimda kerakmasdi sevmasligim-sevmasligim
Sevgini deb jonni o'tga suvga ha deb urmasligim
Kerak edi, kerak edi sevgini hech bilmasligim
Bilmasligim bilmasligim
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi
O'zidan tonmasmidi, sevmasam [x1+x1]