Umidjaan - Seni unutolmadim
39 2 +3741

Umidjaan
Seni unutolmadim

!
  • Год: 2020
  • Качество: 160 kbps
  • Добавлено: 03 январь 2021
  • Размер: 4.01 Mb
  • Скачали 4 568
  • Длительность: 3:16
Слушать
Скачать
Telegram

На этой странице вы можете скачать Umidjaan - Seni unutolmadim Мы собрали для вас самые лучшие новинки Узбекская музыка / Текст песни, которые вы можете слушать онлайн и скачать бесплатно в хорошем качестве 256kbps или 320 kbps
Текст песни
Umidjaan - Seni unutolmadim


Hali ham eslayapman seni unutolmadim
Sendan kechib gulim o'zgasin sevolmadim
Seni hattoki bir bor bag'rimga bosolmadim
Ayriliq azob ekan mana endi angladim

Yana o'sha sevgi, yana o'sha hijron
Bir-birimiz sevardikku ey ko'zlari jayron
Ketgan yo'lingda qolgan ko'zlarim bo'lib giryon
Hayot buncha beshafqat bunga aqlim ham hayron
Bu yuragim azoblardan butkul to'lib bo'ldi
Seni har kuni kutib sabr kosam ham to'ldi
Menga bo'lgan tuyg'ularing o'ylashimcha o'ldi
Ko'zlaringni sog'inib ko'zda yoshim ham to'ldi
Afsuslarning yomg'iri tinmay yog'sa osmondan
Dardlarimni kimga aytay najot izlay kimlardan
Ahir senda ediku yuragimni parchasi
Sen beradigan baxt berolmaydi boshqasi
Eslaysanmu meni ham xonangda yolg'iz o'zing
Daydim omonmi deya yoshlaysanmi ko'zing
Balki meni izlasa seni bu go'zal qalbing
Ko'zlaringni yumsang bas yoningdaman har nafas

Hali ham eslayapman seni unutolmadim
Sendan kechib gulim o'zgasin sevolmadim
Seni hattoki bir bor bag'rimga bosolmadim
Ayriliq azob ekan mana endi angladim

Imkon bo'lsa edi vaqtni ortiga qaytarolsam
Sumbul sochlaring ushlab yana qaytib o'rolsam
Qulog'ingga pichirlab sevaman deya olsam
Yonimda bo'larmiding ey go'zal farishtam
Gulim senga yoqardi alvon rang atirgullar
Endi bu gullarni senga berar bo'ldi o'zgalar
Atirgul tikonlari endi qalbim yaralar
Bilaman bu ahvolimga seni yuraging achinar
Sur`atingga tikilib yana qalbim ovunar
Sensizlik azobligi ko'zlarimdan sezilar
Balki bir kun kelib taqdirimiz bir bo'lar
Baxtli kunlarni eslab xozir yurak quvonar

Eslaysanmu meni ham xonangda yolg'iz o'zing
Daydim omonmi deya yoshlanadimi ko'zing
Balki meni izlasa seni bu go'zal qalbing
Ko'zlaringni yumsang bas yoningdaman har nafas

Hali ham eslayapman seni unutolmadim
Sendan kechib gulim o'zgasin sevolmadim
Seni hattoki bir bor bag'rimga bosolmadim
Ayriliq azob ekan mana endi angladim
Клип Umidjaan - Seni unutolmadim