Munisa Rizayeva - Dema dema (ft Botir Qodirov) (Qo'shiq matni)
Bedavo dema!
So‘zlarimga boq,
Ko‘zlarimga boq!
Qayrilib, qayrilib,
Ne qiladursan?”
“Qayrilib?!.
Atrofda qoldi jonginam,
Bilsang, mening yomonginam!
Ayrilaman-de, ayrilaman-de!”
“Eshigingning oldida
Kutib, ko‘zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!”
“Dema-dema, yomon dema!
So‘zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!” (2x)
“Qulog‘iga gapni olmas,
Aslo bitta gapdan qolmas,
He! Dalli-dalli-dalli!
Gapiraverib hech tolmas!”
“Hmmm!..
Dalla topganim kuydirmajon,
Ko‘z yoshlarim marjon-marjon,
Yomonam o‘jar-da,
Hey! Bag‘rimni ezar-da!”
“Eshigingning oldida
Kutib, ko‘zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!”
“Dema-dema, yomon dema!
So‘zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!” (2x)
“Voy! Saning tiling balo!
Qilding dardga mubtalo!
Hadeb olishdan ko‘ra
Bir bor holimni so‘ra!”
“Maylimi?
Shirin so‘zga yaramasang,
Mehr bilan qaramasang,
Ayrilaman-de! Hey!
Ayrilaman-de!
“Eshigingning oldida
Kutib, ko‘zim toldi-da!
U yonidaman, bu yonidaman,
Yanama-yana aytaman!”
“Dema-dema, yomon dema!
So‘zlarim gumon dema,
Man yomondan ayrilib,
Yuzlarim somon dema!” (4x)