- Год: 2020
- Качество: 160 kbps
- Добавлено: 14 сентябрь 2020
- Размер: 5.00 Mb
- Скачали 937
- Длительность: 4:20
Скачать
Telegram
Bahrom Mahmudzoda - Dilozorim
Hayotimga bahor kabi,
Kirib kelgan guzal yorim.
Nechun erta xazon kabi,
Ketar bo'lding dilozorim?
Gul yuz nigor, ko'zi xumor,
Bag'ri bahor, bevafo yor.
Nigohingla yuragimni tilib ketding,
Muhabbatim g'unchasini yulib ketding,
Sevdim- deding, rostingmi yo kulib ketding?
Orzularim armon qilgan dilozorim.
Gul yuz nigor, ko'zi xumor,
Bag'ri bahor, bevafo yor.
Senga bo'lgan muhabbatim toqqa aytdim,
Sevgimizga guvoh bo'lgan boqqa aytdim,
Aytib - aytib netay oxir yig'lab qaytdim,
Ozorlari dilga yoqqan dilozorim.
Gul yuz nigor, ko'zi xumor,
Bag'ri bahor, bevafo yor.
Bahrom Mahmudzoda so'zi